Facebook, Twitter va Instagram'ga qaysi payt postlarni joylagan afzal?

Ijtimoiy tarmoqlarga postlarni joylash uchun aynan qaysi vaqt yaxshi hisoblanadi? Ushbu savol nafaqat tarmoqlarda endigina turli guruh va sahifalarni yuritayotgan oddiy foydalanuvchilarni, balki tajribali SMM-mutaxassislarini ham qiziqtirishi tabiiy. Biz ma'lumotni illyustratsiya ko'rinishida taqdim etib, mazkur savolga javob berishga harakat qilamiz.
Facebook

Kechqurun soat sakkizdan ertalab soat sakkizgacha bo'lgan vaqt oralig'ida Facebook tarmog'iga joylangan havolalarga foydalanuvchilar kam kiradilar. Shuningdek, keng tarqalishi kutilayotgan havolalarni dam olish kunlari tarmoqqa joylash tavsiya etilmaydi. Tadqiqotlarga ko'ra, ko'p miqdorda kliklarga ega bo'lish uchun postlarni kunduzgi soat bir va soat uch oralig'ida nashr qilish maqsadga muvofiq. Chorshanba - postlar uchun eng yaxshi kun. Natijalarga qaraganda odamlar tushlik va tushlikdan keyingi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda sezilarli darajada faol bo'ladilar.

Instagram

Statistikaning ko'rsatishicha, Instagram'dagi postlar uchun alohida ahamiyatli kunlar mavjud emas, biroq ko'pchilik samarali postlar uchun dushanbani afzal ko'rar ekan. Tahliliy ma'lumotlarga qaraganda, servis auditoriyasi dushanba soat 15:00 - 16:00, hamda payshanba soat 17:00-18:00 orasida odatdagidan ancha faollashadi.

Pinterest

Pinterest foydalanuvchilarining katta qismi ayollardan iborat va ular, asosan, kechqurun servisdan faol tarzda foydalanadilar. Pinterest'da post qilish uchun eng yaxshi payt aynan kechqurungi vaqt hisoblanadi va bunda qaysi hafta kuni ekanligi muhim emas. Ammo foydalanuvchilar servisda shanba kuni kechki soat 20:00 dan 23:00 gacha nisbatan faol bo'lar ekan. Shu bilan birga, istalgan kun ertalabki soat 2:00 dan 4:00 gacha yoki kunduzi soat 14:00 dan 16:00 gacha post joylash samarali hisoblanadi. Juma kunlari kunduzgi soat 15:00 da post qilish ham maqsadga muvofiq.

Twitter

Kunduzi soat 13:00 va 15:00 orasida Twitter tarmog'iga joylangan postlarda kliklar miqdori yuqori bo'ladi. Ayniqsa, bunday postlar haftaning boshida e'lon qilinsa yanada yaxshi. Biroq kechki soat 8 dan keyin va haftaning juma kuni soat 15:00 dan keyin havolali tvitlarni servisga joylash kutilgan natijani bermasligini yodda saqlash kerak.
Made on
Tilda