Sharh

Kartografik servislar: Toshkentda birinchi marta bo'lsangiz, Osh Markazini qanday topish mumkin?

Shahzod Muxtarov
Sharhlovchi
Ushbu maqolada aslida biz taomlarga oid mavzuni ko'tarmaymiz, balki haqiqiy o'zbekcha palovni tanovul qilish uchun uni tayyorlaydigan joylarga yetib borishda yordam beradigan telefonga yuklab olish mumkin bo'lgan ilovalar haqida so'z yuritmoqchimiz. Ushbu ilovalar, ayniqsa, sizga bunday yerlarga boshlab boradigan hamrohingiz bo'lmagan taqdirda juda asqotishi turgan gap.

Demak, biz to'rtta kartografik servislar: Maps.Me, HERE WeGo, Google Maps va Яндекс.Карты ishini tahlil qilib, ulardan qaysi biri poytaxtdagi navigatsiya uchun qulay ekanligini aniqladik.
Maps.Me

Eng ommabop kartografik dasturlardan biri. Servis internetga ulanmasdan navigatsiyadan foydalanish imkoniyatini beradigan ko'plab mamlakatlarning xaritalarini o'z ichiga olgan bazasi bilan mashhur.Loyiha 2010-yilda ishga tushirilgan, hozirgacha ilova 40 mln martadan ko'proq yuklab olingan. 2014-yildan boshlab Mail.Ru Group tarkibiga kiradi.

Servis imkoniyatlari:

  • Xaritalar onlayn va oflayn rejimda ishlaydi;
  • Geolokatsiya (onlayn rejimda servis foydalanuvchining joylashuvini to'g'riorq aniqlaydi);
  • Avtomobil, velosiped yoki piyoda uchun A nuqtada B nuqtaga marshrut o'rnatish mumkin, masofa va harakatning taxminiy vaqtini hisoblaydi.
  • Nom va toifa bo'yicha xaritada obyektlarni qidirish;
  • Tanlangan yo'nalish uchun taksi chaqiruvi (bizda taksi chaqirib bo'lmadi, servis Toshkentdagi taksi xizmatlari bilan integratsiyalanmagan ko'rinadi);
  • Booking.com sayti orqali mehmonxonalarda nomer bronlash;
  • Xaritada o'z belgilaringizni yaratish;
  • Shahardagi tirbandlik haqida ma'lumot.

Afzalliklari:

  • Dunyo shaharlariga doir yirik ma'lumotlar bazasi. Toshkent bir zumda aniqlandi;
  • Xaritalar ancha aniq, batafsil yoritilgan. Yangi ko'cha nomlari ishlatilgan;
  • Servis tez ishlaydi;
  • O'zbekiston uchun kichik hajmli yuklab olish bazasi – 50 Mb.
  • Muassasalarni qulay izlash, AYOQSH, WI-Fi nuqtari.

Kamchiliklari:

Internetsiz joylashuvni to'g'ri aniqlamaydi.


Yuklab olish:

Rasmiy sayt:

Maps.me
HERE WeGO

Yana NokiaMaps, OviMaps nomlari bilan yaxshi tanilgan. Servis boshlanishida Nokia kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Keyinchalik esa Mercedes, BMW, Audi kabi mashinalarni tayyorlaydigan nemis avtomobilsozlari birlashmasiga tegishli bo'lgan. Ushbu kartografik servis 2001-yilda chiqarilgan bo'lib, sohadagi eng uzoq tarixga ega xizmatlardan hisoblanadi.

Hozirda HereWeGo servisi BMW, Nissan va boshqa markadagi avtomobillarda keng qo'llaniladi.

Servis imkoniyatlari:

  • Xaritalar onlayn va oflayn rejimda ishlaydi: O'zbekiston uchun oflayn xarita mavjud emas, shuning uchun servisdan internet ulanishisiz foydalanib bo'lmaydi;
  • Geolokatsiya (onlayn rejimda servis foydalanuvchining joylashuvini to'g'riorq aniqlaydi);
  • Haydovchi, velosiped yoki piyoda uchun A nuqtada B nuqtaga marshrut o'rnatish mumkin, masofa va belgilangan manzilga taxminiy yetib borish vaqtini hisoblaydi.
  • Xaritada obyektlarni (muassasa) toifa bo'yicha qidirish: taom va ichimlik, avtomobillar turargohi. AYOQSh, dorixona va boshqalar;
  • Tanlangan yo'nalish uchun taksi chaqiruvi, buning uchun internet lozim, ammo menda ushbu funksiya ishlamadi, servis Toshkentdagi taksi xizmatlari bilan integratsiyalanmagan ko'rinadi;
  • Xaritada o'z belgilaringizni yaratish;
  • Ovozli qidiruv;
  • Xaritada bekatlar nomi aks etgan metro liniyalari mavjud. Buning uchun "Jamoat transporti" filtrini yoqish talab etiladi;
  • Shahardagi tirbandlik haqida ma'lumot. Toshkent shahri bo'yicha ma'lumotlar taqdim etilmaydi, ammo Moskva shahri uchun bunday ma'lumotlar kiritilgan.

Afzalliklari:
  • Juda ham qulay ishlangan interfeys va menyu;
  • Ilovani yuklab olish hajmi – 36 Mb;
  • Batafsil va aniq xaritalar;
  • Brauzer orqali foydalanish mumkin. Bu ilovani smartfonga yuklamay servisdan foydalanish imkoniyatini beradi.

Kamchiliklari:

  • O'zbekiston va boshqa bir nechta mamlakatlar uchun oflayn xarita bazasi mavjud emas. Shu bois servisdagi oflayn xaritalardan foydalanib bo'lmadi. Ammo onlayn rejimda hamma narsa yaxshi ishladi;
  • Onlayn rejimda xaritalar uzoq yuklanmoqda.


Yuklab olish:


Rasmiy sayt:

Here.com
Google Maps (Google Xaritalar)

Google kompaniyasi juda ko'p turdagi servislarni taqdim qiladi. Google Maps kartografik servisi ular orasida eng ommaboplaridan sanaladi. Barcha Android qurilmalarda ushbu ilova oldindan o'rnatilgan bo'ladi.

Servis imkoniyatlari:

  • Xaritalar onlayn va oflayn rejimda ishlaydi: O'zbekiston viloyatlariga oid xaritalarni yuklashda ba'zi muammolar kuzatildi. Shu sababli oflayn rejimda xaritalardan foydalana olmadik. Jahondagi boshqa shaharlarga oid hududlar uchun chiqarilgan oflayn xaritalar to'g'ri o'rnatilmoqda;
  • Foydalanuvchi joylashuvini aniqlash va navigatsiya;
  • Masofa va yo'l uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olgan holda marshrut belgilash;
  • Shahardagi taniqli joylar bo'yicha foydalanuvchilar bahosi va fikrlarini, kontaktlar va ish vaqti kabi tafsilotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlarni taqdim qiladi;
  • Obyektlarni ovoz, matn va yozuv bilan qidirish;
  • Xaritada o'z belgilaringizni yaratish;
  • Shahar yo'llaridagi tirbandlik haqidagi ma'lumotlar;
  • Xaritada metro liniyalari va bekatlari ko'rsatiladi (Toshkent shahri bo'yicha ma'lumotlar taqdim etilmaydi);
  • Shahardagi veloyo'laklar haqidagi ma'lumot.

Afzalliklari:

  • Turli mintaqalarga (jahon bo'yicha 200 tadan ortiq) qarashli qamrovli xaritalar bazasi ;
  • Shahardagi ko'plab obyektlar (munitsipial va xususiy) bo'yicha batafsil ma'lumot;
  • Oddiy va tushunarli interfeys;
  • Batafsil xaritalar;
  • Xaritalarni sun'iy yo'ldosh rejimida ham ko'rish mumkin;
  • Veb-versiya.

Kamchiliklari:

  • Toshkent hududlarini yuklashda muammolar kuzatilishi;
  • O'zbekiston va boshqa MDH mamlakatlarida veloyo'laklar haqidagi ma'lumot mavjud emas. Tajriba uchun Amsterdagi veloyo'laklarni tekshirib ko'rdik – hammasi yaxshi ishlayapti.

Yuklab olish:


Rasmiy sayt:

Google.ru/maps
Яндекс.Карты

MDH mamlakatlarida yaxshi ommalashgan kartografiya servisi, batafsil va aniq manzillarga ega. Boshqa mamlakatlarda keng tarqalmagan. Yagona kamchiligi shundaki, O'zbekiston uchun oflayn xaritalar mavjud emas. Ammo boshqa masalalarda servis qulay va foydali.

Servis imkoniyatlari:

  • Xaritalar onlayn va oflayn rejimda ishlaydi: O'zbekiston uchun oflayn xaritalar ko'zda tutilmagan, shu bois servisdan internet ulanishisiz foydalanib bo'lmaydi;
  • Foydalanuvchi joylashuvini aniqlash va navigatsiya;
  • Ovozli boshqaruv
  • Masofa va yo'l uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olgan holda marshrut belgilash;
  • Shahardagi taniqli joylar bo'yicha foydalanuvchilar bahosi va fikrlarini, kontaktlar va ish vaqti kabi tafsilotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlarni taqdim qiladi;
  • Obyektlarni ovoz, matn bilan qidirish;
  • Obyektlarni toifa bo'yicha qidirish: restoran/kafe, AYOQSh, bankomat, savdi markazlari va boshqalar;
  • Shahar yo'llaridagi tirbandlik haqidagi ma'lumotlar;
  • Shahar yo'llaridagi tirbandlik haqida ma'lumot;
  • Yo'ldagi hodisa haqida ma'lumot qo'shish imkoniyati: YTH, yo'l ta'mirlanishi, kamera va boshqalar.

Afzalliklari:

  • Aniq va batafsil xaritalar;
  • Qulay navigatsiya tizimi;
  • Oddiy va qulay interfeys;
  • 2D va 3D sun'iy yo'ldosh xaritalari;
  • Brauzer uchun veb-versiya.

Kamchiliklari:

  • O'zbekiston uchun oflayn xarita bazasi mavjud emas. Shunga qaramay O'zbekistonda ushbu xarita xizmatidan ko'pchilik foydalanadi;
  • O'zbekiston shaharlaridagi obyektlar bo'yicha yetarli ma'lumot mavjud emas.

Yuklab olish:


Rasmiy sayt:

yandex.ru/maps
Natijalar

Biz MapsMe, HEREWeGo, GoogleMaps (Google Xaritalar) va Яндекс Карты kabi to'rtta kartografik servislar ishini o'zaro solishtirdik va tahlil qildik. Servislarning har biri muayyan ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi, albatta. Barcha ilovalar internet ulanishisiz xarita va navigatsiyani qo'llab-quvvatlaydi. Ammo (!) faqat MapsMe ilova orqali O'zbekiston uchun xaritalarni yuklab olish imkoniyatini taqdim etdi.

Internet aloqasi bilan har bitta ilova yaxshi ishlaydi. Faqat HereWeGo xaritalari boshqa servislarga qaraganda sekinroq yuklandi.

Xaritadagi obyektlar borasidagi ma'lumot bo'yicha Google Maps xizmatini alohida ajratishni istardik. Dastur obyektlar haqida ko'proq ma'lumotni ko'rsatadi.

Shuningdek, yo'ldagi tirbandlikni aniqlaydigan funksiyalar, toifa bo'yicha muassasalarni qidirish va metro liniyalarini ko'rsatish imkoniyatlari foydalanuvchiga qo'shimcha qulaylik beradi.

Siz qaysi kartografik servisdan foydalanasiz? Uning qaysi jihatlari sizga yoqadi?

Izohlarda fikr almashamiz.
comments powered by HyperComments
Made on
Tilda