REPORTAJ

Unification 2016: mobil o'yin va ilovalar dasturchilarining O'zbekistondagi birinchi konferensiyasi qanday o'tdi

Timur Abdulin
Sharhlovchi
Shu yilning 11-dekabr sanasida Toshkentdagi Le Grande Plaza mehmonxonasida mamlakatimizda Unification 2016 nomi ostida ilk bor tashkil qilingan mobil o'yinlar va ilovalar dasturchilarining konferensiyasi o'z nihoyasiga yetdi.
Konferensiya uch bosqichni o'z ichiga oldi: mitap, sertifikatlash va o'yin xakatoni.

Mazkur tadbirning boshlanishidan bir necha hafta ilgari konferensiyaning rasmiy saytida ro'yxatdan o'tish jarayoni boshlangan edi. Qatnashuvchilar ma'lum bir bosqichda yoki hamma boshqichlarda ishtirok etish uchun yozilishlari mumkin edi. Tadbirning saytida jami 400 ta ishtirokchi ro'yxatdan o'tgan.

Mutaxassislarga ma'qul keladigan chindan-da qiziqarli loyihani ishlab chiqib, o'z imkoniyatlarini sinab ko'rish, tom ma'noda, ushbu konferensiya ishtirokchilarining asosiy maqsadi edi desak, xato qilmagan bo'lamiz. Unity konferensiyasining Toshkent shahrida qish faslida o'tkazilishini oldindan bilgan ayrim ishtirokchilar tadbirga puxta tayyorgarlik ko'rib kelishdi. Ba'zilar esa mazkur konferensiyaning o'tkazilishi haqida tasodifan ma'lumotga ega bo'lib, ro'yxatga olish muddatining tugashi arafasida qatnashish istagini bildirishgan.

Birinchi kun: Mitap

9-dekabr sanasida o'tkazilgan konferensiyaning birinchi kuni o'zaro tanishuvga ajratildi. Tadbirni Unity vakili ochib berdi, shundan keyin mobil o'yinlar va ilovalar yaratishda salmoqli tajribaga ega bir nechta eskpertlar ma'ruza qildilar. Mitapga tashrif buyurgan barcha mehmonlar SAB Games direktori Anton Stepanov, Unity Technologies vakili Tatyana Vikulova hamda Unity kompaniyasining boshqa vakillari ma'ruzarini tinglash imkoniyatiga ega bo'ldilar. Shuningdek, o'yin sanoatini yoritadigan mustaqil jurnalist va kommunikatsiyalar bo'yicha ekspert Grigoriy Spisin ham juda qiziqarli ma'ruza bilan chiqish qilib, mahalliy PR sohasi vakillariga loyihalarni boshqarish hamda o'yin noshirlari bilan o'zaro muloqotga kirishish yuzasidan ba'zi tavsiyalar o'rtoqlashdi.
Ikkinchi kun: Sertifikatlash va xakaton boshlanishi

Unificaton 2016 tadbirining ikkinchi kuni 10-dekabr sanasida ertalabki soat 10 da boshlandi. Sertifikatlash jarayonidan o'tmoqchi bo'lganlar avval saytda ro'yxatdan o'tishlari, shundan keyin shaxsan avtorizatsiya uchun kelishlari talab etilgan edi. O'sha kuni soat 12 da uzoq kutilgan xakatonga start berildi. O'ttiz soatga rejalashtirilgan xakatonda ishtirokchilar kichik guruhlarga bo'linib, bir sutkadan ortiqroq vaqt davomida yangi loyiha ustida ishladilar.

Loyihani hech qanday tayyor ishlanmalarsiz, butunlay bir boshdan yaratish – tanlovning eng muhim sharti etib belgilangan edi. Ya'ni ishtirokchilardan oldin konsepsiyani o'ylab topish, barcha tafsilotlarni muhokama qilish, shundan so'ng birgalikda ishlab chiqish jarayonini boshlash talab etilardi.

Aksariyat qatnashuvchilarning stollarida kelgusi loyihalar kopsepti chizilgan juda ko'p qog'ozlarga ko'zimiz tushdi. Restorandagi salfetkaga yozilgan xuddi boshqa mukammal biznes g'oyalar singari, yaxshi o'yin va ilovalar ham avval qog'ozda loyihalashtirilardi.

Ishtirokchilar xakatonda shaxsiy uskunalardan foydalanish lozimligidan ogohlantirilgan edi. Shuning uchun ishtirokchilar oldida turli noutbuklar xizmatga shay turardi. Ishtirokchilar orasida hatto butun boshli kompyuterlarni o'zi bilan olib kelishga erinmagan ba'zi dasturchilarni ham uchratish mumkin edi.

Tanlov shartlariga muvofiq nafaqat mobil o'yinlarni, balki VR uchun mo'ljallangan loyihalarni ham ishlab chiqish so'ralgani bois, stollarda virtual reallik garnituralariga ham ko'zinigiz tushar edi.

Xakaton shartlariga ko'ra, agar jamoa loyihani tayyorlashga ulgurgan taqdirda, qatnashchilar boshqa ishga chalg'ishi yoki bir necha soat dam olishi mumkin edi. Eng mehnatkash va sabrli qatnashchilar kuchli irodani namoyish qilib, hatto ovqatlanishga ham kam vaqt sarf etgan holda kompyuter oldida soatlab o'tirishardi. Birlamchi ishlanmalarga qarab jamoa aynan nimani yaratishini aniq aytish juda qiyin edi. Barcha intrigani saqlashni istagani sababli, o'z loyihalari haqida gapirishga ko'pchilik rozi bo'lmas edi. Oldinda esa dasturlashga ajratilgan uzoq tun...
Uchinchi kun: xakatonning yakuni

Konferensiyaning uchinchi kuni uzluksiz dasturlash jarayoniga bag'ishlandi. Har kim istagan vaqtida tanaffus qilishi, tushlik va kechki taomni ishdan chalg'imasdan tanovul qilish mumkin edi. Juda qiyin va murakkab holat ekan, deb o'ylayapsizmi? To'g'ri, ammo bu yigitlar dedlayn degan narsa bilan juda yaxshi tanish. Mobil ishlanma dasturchilariga esa shu darajagacha yetguncha juda ko'p tunlarni bedor, kompyuter oldida o'zkazishiga to'g'ri kelgan.

Muvaffaqiyatli loyihalar qurbonlarni talab qiladi. Ayniqsa, sovringa PlayStation 4 Slim, Motorola ratsiyasi, planshet-kompyuterlar va boshqa yutuqlar qo'yilganda, kurash shiddati yanada avj oladi.

Garchi qatnashchilar uxlamasdan tunni tongga ulagan bo'lsalar-da, tanlovda bag'oyatda a'lo muhit hukm surar edi. Konferensiya yakuni arafasida barcha ishtirokchilar zavq bilan o'z loyihalari, shu bilan birga, nima uchun aynan mazkur tanlovda qatnashganlari haqida so'zlab berishdi. Biz ham ba'zi ishtirokchilar bilan suhbatlashishga muvaffaq bo'ldik:

Ahmad Sobitov
ZombieShooter VR-o‘yini jamoasi
Aytishim mumkinki, ishlab chiqish jarayoniga oxiri bo'lib qo'shildim. Shuning uchun jamoaga loyihaning boshida yordamim tegmadi. O'zim grafik-dizayner bo'lib ishlaganim uchun jamoaga aynan geym-dizayn borasida ko'maklashdim. Bizda VR'ga mo'ljallangan ikkita loyiha bor: birinchisida mashina ostiga tushmay tirbandliklarda yo'lni kesib o'tish kerak bo'lsa, ikkinchi o'yin zombilar armiyasining hujumini qaytarishdan iborat. Tanaffuslar bilan hisoblaganda men jami ikki kun ishladim, asosiy ishni jamoadagi mening uchta hamkasbim bajarishdi, ularning ikkitasi esa tanlov boshlangandan buyon uxlamasdan va dam olmasdan ter to'kishmoqda.

Jamoaning barcha a'zolari bilan tanlovda tanishdim, bundan avval ularning birortasini uchratmaganman. Geym-dizayn, umuman olganda, juda qiziq soha. Ushbu sohaga men endi kirib kelmoqdaman, bungacha asosan UI-interfeys dizayni bilan shug'ullanganman. Adashmasam, biz ikkita loyihani ishlab chiqayotgan tanlovdagi yagona jamoamiz.

Rostislav Shexovtsov
Mad T-Rex o‘yini jamoasi
Loyihamiz Mad T-Rex deb nomlanadi. Bu mobil ranner o'yini bo'lib, qahramon uni yemoqchi bo'lgan dinozavrdan qochishi kerak. Dinozavrdan qochish uchun ekranda ikkita barmoq yordamida zarur tomonga surish talab etiladi. Albatta, yugurish tezligini kamaytirish yoki oshirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, o'yinda tezlikni sekinlik bilan oshirib borish funksiyasi ham ko'zda tutilgan, biroq ushbu jarayonda yugurishga yakun yasaydigan biror to'siqni sezmay qolish ham mumkin, To'siqlar turg'un va buziladigan shaklda bo'ladi. Menimcha, hali bunday rannerlar yaratilmagan. Loyihani xakaton doirasida o'ylab topdik. O'yinni Android platformasiga mo'ljallab tayyorladik, barcha ikonkalarni esa, hatto dinozarni ham o'zimiz chizdik. Afsuski, jamoamizda dasturchi topilmadi, u paydo bo'lganda esa vaqt juda kam qolgan edi. Deyarli tanaffuslarsiz ishladik desam ham bo'ladi, ammo shaxsan men ovqatlanish, uxlash va biroz Dendy o'ynashga ham ulgurdim. Menga oldinroq bu yerda Dendy bo'lishini aytishgan edi, shuning uchun ham tanlovga keldim-da (tabassum qiladi).
Tadbir esa, har doimgidek, uzoq kutilgan taqdirlash marosimi bilan yakunlandi. Taxminan ikki soat davom etgan maslahatlashuvlardan keyin hakamlar hay'ati tanlov g'oliblarini e'lon qildi. Tanlovda jami 5 nominatsiya mavjud bo'lib, o'rinlar quyidagicha taqsimlandi:
«Eng yaxshi muqobil loyiha» – qamaldagi minorada qolgan va matematik sehrli so'zlar yordamida dushmanlardan himoyalanadigan sehrgarning murakkab qismatiga bag'ishlangan MathMagic mantiqiy platformeri;

«Eng yaxshi dizayn» – Mad T-Rex loyihasi;

«Eng yaxshi tijorat g'oyasi» – ZombieShooter VR-o'yini, attraksion-parklar va savdo-markazlaridagi fan-zonalarda qo'llanish istiqboliga ega;

«UNITY dvijokidan a'lo darajada foydalangan loyiha» – Ditthy Fight nomli to'ldirilgan reallik uchun mo'ljallangan 3D-platformer;

«Eng yaxshi g'oya» – erkaklar auditoriyasiga mo'ljallangan Titch tverk-simulyatori.
Loyihalari biror bir nominatsiyada g'olib bo'lmagan qatnashchilarga esdalik sovg'alar topshirildi. Eng muhimi esa, shunhasiz, qo'lga kiritilgan qiymatsiz tajriba bo'ldi, desak yanglishmaymiz. Tashkilotchilar roppa-rosa bir yildan keyin mamlakatimizga yana tashrif buyurishga va'da berdilar. Shu bois kelgusi tanlovga tayyorlanish, malakani oshirish va kuchlarni yig'ish uchun yetarli vaqt bor. Birinchi konferensiya bo'lsa, aytish mumkinki, a'lo darajada o'tkazildi.
comments powered by HyperComments
Made on
Tilda