Yangiliklar

Google soxta xabarlarga qarshi kurashadi

Qidiruv giganti "Asosiy yangiliklar" panelida havolalar chiqarish algoritmini optimizatsiya qilish bo'yicha zarur ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Taxminlarga ko'ra, qidiruv tizimi soxta, haqiqatdan uzoq xabarlarni filtrlaydi, yaxshi sifatli materiallarni esa, aksincha, ro'yxatning eng yuqorisiga joylashtiradi.
BBC bergan so'nggi ma'lumotda aytilishicha, Google'ning ijrochi direktori Sundar Pichai kompaniyaning bu boradagi rejalarini quyidagicha izohlagan:

«Biz Google servislarida soxta xabarlarning tarqatilishiga yo'l qo'ymaymiz».

Shuningdek, Pichai ushbu maqsadga erishish uchun Google yanada aniqroq manbalar xabarlarini targ'ib qilish uchun o'z algoritmlarini takomillashtirishi kerakligini qayd qilib o'tgan.

Manba: cossa.ru
Made on
Tilda