MOBICON//2016

MobiСon 2016: Konferensiya qanday o'tdi?

Shahzod Muxtarov
Muxbir
O'tgan hafta o'tkazilgan Mobicon 2016 konferensiya Toshkent ishbilarmonlarida katta taassurot qoldirdi. Oltita mamlakatdan tashrif buyurgan 20 ta spiker, sohaga doir salmoqli yangiliklar, netvorking, jahon va mahalliy biznes yo'nalishlar muhokamasi, yangi fikrlar – Mobicon 2016 konferensiyasini qisqacha mana shunday ta'riflash mumkin.
Konferensiya International Hotel Tashkent mehmonxonasining "Amir Temur" va "Billur" nomli zallarida bo'lib o'tdi. Hamkasbim Timur Abdulin "Amir Temur" zalidagi spikerlar tomonidan gapirilgan mavzularni sharhlab bordi, men esa "Billur" zaldagi voqealar haqida so'z yuritadigan bo'ldim.

Dilshod Muzaffarov, Viktor Yeliseyev va Endryu Chaxoyan ma'ruzalarining kirish qismi haqida Timur batafsil ma'lumot berib o'tdi. Men bo'lsa mehmonxonaning birinchi qavatidagi "Billur zal"da yangragan ma'ruzalarni batafsil yoritishga kirishaman.

Mobil o'yin yaratish va uni targ'ib qilish shaxsiy tajribasi

Tadbirda birinchi bo'lib Koozmeech studiyasining ta'sischilaridan biri Akmal Salihov nutq so'zladi. U Koozmeech o'yinining yaratilishi va MDH mamlakatlarida qanday targ'ib qilinganligi haqida so'zlab berdi. O'yinning boshqa tafsilotlariga to'xtalib o'tirmaysiz, o'yin bilan uning rasmiy saytida (koozmeech.ru) tanishib chiqish mumkin.
Akmal Salihov, Koozmeech studiyasining ta’sischilaridan biri
O'yinni ishlab chiqish va targ'ib qilish bilan bog'liq amaliy tajriba va soha sirlari haqida gapiradigan bo'lsak, o'yinni yaratgan jamoaga bu jarayon oson kechmaganini tasavvur qilsa bo'ladi.

«Boshida biz bir oy davomida o'yinni ishlab chiqish va yo'lga qo'yishni rejalashtirgan edik. Biroq amalda buning uchun yetti oy sarflashga to'g'ri keldi. Umuman olganda, o'yinni yaratish uchun 2-4 oy vaqt sarflash tavsiya etiladi,» – deydi Akmal.

Shu bilan birga Akmal o'yinni monetizatsiya qilish masalalariga ham to'xtalib o'tdi. Play Market va App Store'dagi o'yinlarning aksariyati bepul taqdim etiladi. O'yin mualliflari esa ilovadan boshqa usullar bilan mablag' ishlaydilar. "Кузьмич" o'yinida, masalan, undagi fuknsionallikni oshiradigan va geymerning imkoniyatlarini ko'paytiradigan mahsulotlar sotiladi. Bundan tashqari, mazkur o'yinda motivatsion reklamalar ham qo'shimcha mablag' keltiradi. Akmalning aytishicha, o'yin bir kunda 1000 marotaba yuklab olinadi.
Mobil marketing va Big Data

«Mobil aloqa operatorlari siz haqingizda Facebook, qidiruv tizimlari va o'z buvingizga qaraganda ko'proq ma'lumotga egadirlar,» – deydi Rustam Hamdamov, Ucell kompaniyasining B2C mahsulotlar ishlab chiqadigan bo'limi menejeri.


Uyali aloqa operatorlari chindan ham foydalanuvchilar to'g'risidagi juda katta hajmdagi ma'lumotni qayta ishlaydilar. Ushbu axborotlarga passport ma'lumotlari, kirish va chiqish qo'ng'iroqlarining manzillari, SMS, mobil internet va geojoylashuv kabi tafsilotlarni kiritish mumkin. Aytish mumkinki, uyali aloqa operatori o'z abonenti haqida juda ko'p ma'lumotlarni biladi.
Rustam Hamdamov, Ucell’ning B2C mahsulotlar ishlab chiqadigan bo‘limi menejeri
O'z taqdimotida Rustam qimmat narx, samaradorlikni kuzatishning noaniq vositalari va personalizatsiyaning mavjud emasligi kabi an'anaviy reklamaning asosiy muammolarini qayd qilib o'tdi.

Shundan keyin Rustam operator tomonidan ishlab chiqilgan yangi texnologiya – nuqtali SMS jo'natmalar haqida so'z yuritdi. Ushbu yechimning narxi an'anaviy reklamaga qaraganda sezilarli darajada arzon. Shu bilan birga, u qadar qimmat bo'lmagan jo'natmalardan foydalanish imkoniyati, Ucell tomonidan abonentlar haqida qayta ishlangan ma'lumotlar asosida batasfil personalizatsiya va samaradorlikni nazorat qiladigan vositalar ko'zda tutilgan.

Rustamning ta'kidlashicha, operator o'z abonentlari haqidagi axborotlarni to'g'ridan-to'g'ri taqdim etmaydi va faqatgina jo'natmaga obuna bo'lgan foydalanuvchilarga bunday SMS xabarlar yuboradi.
Qanday qilib mobil sohada yangi mijozlarni topish va saytni monetizatsiyalash mumkin?

Yandex kompaniyasining mobil loyihalar bo'yicha rahbari Nikita Fominov o'z ma'ruzasini qiziq statistika bilan boshladi. Uning aytishicha internet-foydalanuvchilarning yarmidan ortig'i tarmoqqa mobil qurilmalar orqali kiradilar, O'zbekistonda ushbu ko'rsatkich 57%ni tashkil qilgan.
Shundan keyin gap saytlarning mobil ilovalari va mobil versiyalari haqida bordi. Nikita agar mijoz biznes bilan haftasiga bir martadan ko'p bog'lanadigan bo'lsa, bunday biznes uchun mobil ilova yaratishni tavsiya qildi. Boshqa holatlar uchun shunchaki saytning mobil versiyasini yaratish kifoya qilar ekan.

Bundan tashqari, mobil qurilmalardagi kontekstli reklama to'g'risida ham so'z yuritildi. Jumladan mutaxassis ularning xususuyatlari, to'g'ri sozlanishi va ular orqali mijozlarni jalb qilish masalalariga alohida e'tibor qaratdi. Mavzuda muayyan resurslarda kontekstli reklama bloklarini to'g'ri joylash bilan bog'liq tavsiyalar qamrab olingani bois, u nafaqat reklama beruvchilar, balki kontekstli reklama hamkorlari tomonidan ham katta qiziqish bilan tinglandi.
Sergey Shevchenko, Webnow kompaniyasining rahbari
Mobil ilovalar targ'iboti

Webnow kompaniyasining rahbari Sergey Shevchenko o'zining nutqida ilovalarni Play Market va App Store resurslariga joylash va rasmiylashtirish qoidalari haqida so'zlab berdi. Shuningdek, u ilovani targ'ib qilishning pulli va bepul usullari: kontekst va targetli reklama, saytlardagi tavsiflar, mobil bannerli tarmoqlar, reklama, motivatsiyali trafik, motivatsiyasiz qoliplar va boshqalar borasidagi mulohazalari bilan ham o'rtoqlashdi.
Mobil o'yinlarni yaratish. G'oyadan sotuvgacha

Maksim Shikov, Pizza Game rahbari, mobil o'yinlarni yaratish va targ'ib qilish mavzusida juda qiziqarli ma'lumotar bilan bo'lishdi. Maksimning fikricha, o'yinni yaratishdan oldin siz uni kimga va qanday sotishingizni bilishingiz kerak.

U mobil o'yin dasturchilari va investorlariga bir nechta tavsiyalar berdi.

«O'yinga bir vaqtning o'zida bir nechta tillarni qo'shishni unutmang. Sababi sizning o'yiningiz aynan qaysi mintaqada muvaffaqiyat qozonishini oldindan bilolmaysiz. Masalan, o'z tajribamdan kelib chiqib gapiradigan bo'lsam, biz o'yinni avvalroq Rossiya sektori uchun chiqarganmiz, u esa oxir-oqibat meksikalik foydalanuvchilar orasida yaxshi ommalashib ketdi. Buning uchun esa shunchaki o'yinga ispan tilini qo'shish kifoya qilgan edi. Hozirda biz 23 tilni qamrab olgan o'yinlarni yaratmoqdamiz.
Maksim Shikov, Pizza Game rahbari
Mobil o'yinni yaratish va targ'ib qilishga taxminan quyidagicha xarajalar sarf etilishi mumkin. Deylik, siz o'yinni tayyorlash uchun 10 ming dollar sarfladingiz. Endi targ'ibot va xatolarni tuzatish uchun yana taxminan 30 ming dollar atrofida mablag' ajratishingiz talab etiladi. O'yinni yaratish va uni ilova do'konlariga joylash – bu shunchaki ishning boshlanishi, uning yakuniy natijasi emas,» - deb hisoblaydi Maksim.
2017 yilda qaysi startapni yaratgan ma'qul: Silikon vodiysining yetakchi yo'nalishlari va jahon trendlari

Xalqaro miqyosdagi raqobat bag'oyatda shiddatli, deydi Mask Gurvis, Cross Border Angels nomli xalqaro startaplar akseleratori rahbari.

Agar oldinroq startaplar darhol xalqaro bozorga chiqishga intilgan bo'lsalar, hozir esa qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish maqsadga muvofiqdir. Bunda yirik bozorlarda o'zining samaradorligin ko'rsatgan muvaffaqiyatli biznes-modellardan namuna olish va ularni mahalliy sharoitga moslash kerak.

Investorlar, odatda, biznesni texnik tomondan kuchaytirishga mo'ljallangan "og'ir" IT-loyihalarga sarmoya kiritishadi. Maks sun'iy intellect tizimlarini bunga misol sifatida keltirdi. Hozirda esa investorlar B2B sektorga uchun ishlab chiqiladigan texnologik loyihalarga qiziqish bildirmoqdalar.
Eng faol va yirik investorlarning startaplarga qo'yadigan talablari o'zgarib bormoqda. Agar avvalroq, asosan, oddiy foydalanuvchilarga qaratilgan IT-mahsulotlarga (deylik, ijtimoiy tarmoqlar) qiziqish bildirilgan bo'lsa, ayni paytda esa boshqa segmentdagi loyihalar investorlarning diqqatini jalb etmoqda.

Investorlar, odatda, biznesni texnik tomondan kuchaytirishga mo'ljallangan "og'ir" IT-loyihalarga sarmoya kiritishadi. Maks sun'iy intellect tizimlarini bunga misol sifatida keltirdi. Hozirda esa investorlar B2B sektorga uchun ishlab chiqiladigan texnologik loyihalarga qiziqish bildirmoqdalar.

Kuchli layoqatga ega mutaxassis kadrlar har qanday loyihaning rivojlanishini ta'minlaydigan asosiy yadro hisoblanadi. Startap sinov bosqichidan o'tib, o'zining imkoniyatlarini namoyon qilgach, uni jadallik bilan rivojlantirish talab etiladi. Bunday rivojlanish esa sohaning kuchli va malakali mutaxassislarisiz amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun loyiha rahbari aynan mana shunday kadrlarni jalb etishga qaratilishi lozim.
Aziz Rahimov, IT-konsultant
UzRobot – Telegram messenjerida monetizatsiya

Aziz Rahimov Telegram orqali xaridlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan qulay botni namoyish etdi. UzRobot xaridor hamda mahsulot va servis ta'minotchisi o'rtasida vositachi vazifasini bajaradi. Uning muhim xususiyati shundaki, bot o'zicha har xil kontentni namoyish etmaydi va foydalanuvchining so'rovi bo'yicha ishga tushadi, bir qator servislar bilan bog'lana oladi.
Suratda Sergey Serdyukov, UFOX SMM-agentligining ta’sischisi
Aleksey Kupreyev va Sergey Serdyukov, UFOX SMM-agentligining ta'sischilari

Aytish mumkinki, ushbu belorussiyalik yigitlarning taqdimotlari hissiyotlarga juda boy bo'ldi. Ular taqdimotni auditoriyani "qizdirishdan" boshladilar.

Shundan so'ng yigitlar qiziqarli va o'zgacha uslubda mobil hamda desktop qurilmalar foydalanuvchilarining o'zini tutishi va xulq-atvoriga doir xususiyatlar haqida so'zlab berdilar. Shuningdek, taqdimotda mazkur xususiyatlarni hisobga olib, mobayl sohada rivojlanish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi. Messenjerlarning marketing va savdodagi ahamiyati haqida gapirildi.
Virtual terminallar va mobil to'lovlar uchun MPOS tizimlar

UPAY to'lov tizimining ta'sischilaridan biri Behzod Botirov o'z ma'ruzasida biznes uchun bank kartochkalari egalariga kassada xizmat ko'rsatish muammolarini qayd qilib o'tib, ularni bartaraf etish bo'yicha bir qator yechimlarni taklif etdi hamda ushbu sohaga tegishli qiziqarli statistika bilan bo'lishdi. Jumladam, sohadagi muammolar quyidagilardan iborat:

- To'lovni o'tkazishga xizmat qiladigan terminalning nisbatan qimmat turishi;

- Biznes uchun mo'ljallangan terminallarga oylik xizmat ko'rsatish narxining nisbatan qimmatligi;

- Oylik tranzaksiyalar hajmiga belgilangan majburiyatlar;

- Terminalni ta'mirlash uchun rasmiy xizmat ko'rsatish markazlarning kamligi.

Behzod mamlakat bo'yicha quyidagi rasmiy statistikani keltirdi: O'zbekistonda 16,3 milliondan ortiq faol bank kartochkalaridan foydalaniladi. Mavjud terminallarning soni esa 180 mingta, ya'ni har bitta terminal taxminan 90 ta foydalanuvchiga xizmat ko'rsatadi. Shuning uchun, Behzodning aytishicha, yuqorida sanab o'tilgan xususiyatlar sababli o'rnatilgan terminallarning soni yetarli emas.

Mazkur muammoni yechish uchun UPAY mPOS terminallarni ishlatishni taklif qiladi. Ular juda oddiy usulda ishlaydi. Mobil qurilmaga 3,5 mm mini-jack orqali bank kartasidagi ma'lumotlarni o'qishga xizmat qiladigan rider o'rnatiladi. Olingan ma'lumotlar riderli smartfonga o'rnatilgan bankning mobil ilovasiga kelib tushadi. Shundan keyin smartfon va bank o'rtasida onlayn rejimda axborot almashuvi bajariladi.

Tizimning ishi uchun internet ulanishi talab etiladi. Aloqaga bo'lgan talablar yuqori emas, mPOS hatto 2G tarmoqlarda ham ishlashi mumkin. Bu degani to'lovni mobil tarmoqqa ulanish imkoniyati mavjud bo'lgan istalgan joyda amalga oshirish mumkin.

mPOS tizimlardan foydalanish orqali yuqorida keltirilgan barcha muammolar bartaraf etiladi:

- mPOS qurilma arzon turadi. Ularning narxi modifikatsiya turiga qarab 10-25 dollarni tashkil etadi;

- Xizmat uchun unchalik katta bo'lmagan servis foizi olinadi (0,5% o'tkazilgan to'lov miqdoridan);

- Oylik tranzaksiyalar bo'yicha hech qanday majburiyat o'rnatilmagan;

- mPOS rider murakkab qurilma emas, uni UPAY ofisida ta'mirlatish yoki yangisiga almashtirish mumkin.

Bunday qurilma savdo sohasi vakillarini, jumladan, internet-do'konlar va tovarni yetkazib bergach to'lovni qabul qiladigan kuryerlarida ham qiziqish uyg'otishi mumkin.

Behzodning nutqi "Billur zal"dagi so'nggi ma'ruza bo'ldi.

Made on
Tilda