Maqola

2017-yilda jahonda qanday ijtimoiy-madaniy trendlar kuzatilishi mumkin?

Insoniyat hamjamiyati va madaniyati qaysi tomonga qarab yo'nalmoqda va marketologlar bundan qanday foydalanishi mumkin?
Jahondagi ijtimoiy va madaniy trendlar tavsifiga bag'ishlangan ushbu materialda biz chet elning Havas PR agentligi xodimlari bilan hamkorlikda ehtimol 2016-yildan oldin boshlangan, ammo tez orada muhim ahamiyatga ega bo'lib, marketologlar uchun yangi qiyinchiliklar va imkoniyatlar keltiradigan ijtimoiy hodisalarni yoritishga harakat qildik.

Onlayn-muhit: Taxtlar kurashi va individual yondashuv

Idealistlarning fikricha, internet turli mamlakatlar va ijtimoiy guruhlardagi turli xil qarashlarga ega odamlar uchun tezkorlik bilan ma'lumot almashiladigan maydonga aylanishi kerak edi (win-win strategiyasi bo'yicha).

Biroq, internet ommaviy tusga ega bo'lgandan keyin bunday holat kuzatilmadi. U ijtimoiy guruhlar, forumlar va qiziqish bloglari bo'yicha fragmentlashib bordi. Odamlar umumiylik va ijtimoiy tamoyillar asosida suhbat doiralarini yaratishmoqda. Boshqa guruh vakillariga nisbatan munosabat kinoyaviy yoki dushmanona bo'lishi mumkin.

Shunday bo'lsa-da, kurashdan keyin hordiq talab etiladi. Ehtiyojlarni qondirish resurslar orqali (boshpana va qo'llov) amalga oshiriladi. Odatda, bunday narsalar umumiy qarashlarga ega insonlar davrasida topiladi, bu esa odamlarni o'zaro jipslashtiradi. Natijada esa ikki uchi bog'langan doira hosil bo'ladi va u global qishloq va kosmopolitizm utopiyasini shubha ostida qoldiradi.

BigData (foydalanuvchilar xulq-atvori haqida yig'ilgan ma'lumotlar) asosida internetda mikrotargeting texnologiyalarining rivojlanishi internet ta'sirida odam tabiatining o'zgarishi haqidagi xom xayollar bilan xayrlashish va shaxsiy manfaatlarni murosasiz ravishda himoya qilish davriga to'g'ri keldi.

Agar kommunikatsion xususiyat haqida gap ketadigan bo'lsa, "O'zimizniki", "Bitta kemada", "Bir tarafda" va "Qonimiz bir" kabi trendlar haqida so'zlaydigan belgilar kelgusida avvalgiga qaraganda ko'proq muvaffaqiyat qozonish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Kimga kurash kerak bo'lmasa, u himoya va uyg'unlikni izlaydi, lekin bu haqda sal keyinroq suhbatlashamiz.
Anonimuslar

Uylarimizda pardalar binoning ichiga ilinadi, ularni tashqaridan turib surishning esa imkoni yo'q. Internetda esa shartli pardalar yo'q yoki ular akkauntning tashqarisida joylashgan, shuning uchun ularni surish qiyin emas. Odatda, istalgan servisdan foydalanish uchun undagi qoidalarga rozilik bildirish so'raladi. So'nggi vaqtlarda shaxsiy hayot huquqi haqidagi mavzu 3 ta sabab tufayli tez-tez muhokama qilinadigan bo'ldi:

1) Biz ko'p vaqtimizni internetda o'tkazamiz va o'zimiz haqimizda kundan-kunga ko'proq shaxsiy ma'lumot qoldiramiz;

2) Edvard Snouden va boshqa xakerlik guruhlari sababli maxfiylik masalasiga siyosiy tus berildi va bu mazkur omilni OAV'ning eng yuqori qatorlariga chiqardi;

3) Nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi organlar tomonidan resurslar va internetdagi faollik ustidan nazorat kuchaytirildi. Trendlarning yaxshi indikatori – ularning South Park'da paydo bo'lishidir. Yigirmachi fasl amonimlik va trollar mavzusini yaxshi ochib beradi.

Foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoq va pochta kliyentlaridan voz kechishi juda mushkul. Biroq shaxsiy hayotni internetdan yashirish choralari, jumladan, VPN-kliyentlar, anonim brauzerlar, reklama blokiratorlari, barcha shaxsiy akkauntlarni o'chirib tashlashga xizmat qiladigan servislarga talab ortishi kutilmoqda. Media soha vakillari esa nativ reklamadan foydalanishi va foydalanuvchi bilan yana ham nozik usulda muloqot qilish yo'llarini qidirishi kerak bo'ladi.

Texnologiyalardan keladigan xatar

Umumiy xatarlardan shaxsiy xatarlarga o'tamiz. Texnika rivojlanishi ko'p bora o'tkir, ammo qisqa muddatli ijtimoiy to'qnashuvlarga sabab bo'lgan. Misol uchun, 1831-yilda ishidan ayrilib qolishdan qo'rqqan tikuvchilar (Ludditlar harakati) jahondagi ilk marta avtomatlashtirilgan tikish manufakturasiga o't qo'yishgan. Texnologik ishsizlik hodisasi yangi voqelik emas, va iqtisodchilar tomonidan ushbu muammoni hal qilish maqsadida turli yechimlar ishlab chiqilgan. Shunday bo'lsa-da, bunday muammo hozirda ham ora-orada paydo bo'lib turadi: bunga misol tariqasida taksi haydovchilarining Uber'ga qarshi namoyishlari yoki mehmonxona biznesiga ziyon keltirgan Airbnb servisiga qarshi qo'llangan AQSh va Yevropa shaharlarida alohida choralarni esga olish mumkin.

Muqaddas soddalik

Yuqorida nomi zikr qilingan shaxsiy daxlsizlik – insonning ichki xotirjamligi sabablaridan biri. Anonimlikdan tashqari, o'z atrofingizda narsalarni soddalashtirish, ma'lumot hajmini kamaytirish, qadriyatlar bilan aloqador, maishiy va ma'naviy muammolarni hal etish bunda sizga yordam berishi mumkin.

Bayramni intiqlik bilan kutish bayramning o'zidan-da maroqli. Bu borada shaxsiy muvaffaqiyatga erishganlar kam, ammo ko'pchilik ijobiy jarayondan ham qanoat hosil qiladilar.
LifeHacks

Strategik rejalash taktik va amaliy usullar bilan chamcharchas bog'liqdir. O'zini tarmoqdan o'chirib tashlash ham aslida kichik bo'lsa-da, ammo barcha narsani qaysidir jihatdan soddalashtirishga harakat qilish demakdir. "Hayotni buzuvchilar" g'alati nomiga qaramay, kichik maishiy ayyorlik va sirlaridan iborat: qanday qilib qattiq matodan yumaloqlarni olib tashlash, qanday qilib notanish alifboni tez o'rganish, PIN va parollarni qanday qilib eslab qolish va hokazo. Bunday yo'riqnomalar birinchi marta 2005-yilda Lifehacker.com blogi ko'rinishida paydo bo'lgan edi. Hozir esa ularni juda ko'p joylarda uchratish mumkin.

Marketologlar uchun bunday trend ikki xil nuqtayi nazardan muhim:

1) Xaridorlar maishiy turmushda yanada aqlli va samarali bo'lishni o'rganadilar, bu esa ularning xaridor sifatidagi xatti-harakatida namoyon bo'ladi: ular biror qaror qabul qilishdan oldin tovar va xizmatlarni qidiradigan hamda o'rganadigan smart-xaridorlarga aylanib boradilar.

2) Eng ommabop layfxaklar tovar va xizmatlar bozoridan qanoatlanmagan xaridorlarning so'rovlarida aks etadi. Shu bois layfxaklarni o'rganish marketolog uchun ajoyib insaytlar manbaidir.


Hygge

Hygge (rus tilida "Xuga" deb talaffuz qilinadi) dat tilidagi o'z atrofingda tinch, qulay va uyg'un sharoit yaratishni ifodalaydigan so'zdir. Shuningdek, u hayotdagi kichik shodliklarni umumiy tarzda anglatadi: qorli o'rmonda sayr qilish, o'choq oldida kitob mutolaa qilish, do'stlar bilan yengil ichimlik ichish va boshqalar. Hygge – qiyin usullarga tayanmay (boy bo'lish maqsadida qiyinchilik bilan ko'p pul ishlab, hamma narsani sotib olishga intilish, masalan) atrofingda baxtni yaratishga bag'ishlangan ta'limot.

Marketologlar ham g'aflatda emas: ushbu trenddan bloglarni maqolalar bilan to'ldirib tashlagan dizaynerlar samarali foydalanishmoqda, noshirlar esa atrofda Hygge yaratishga bag'ishlangan kitoblar bilan kitob do'konlarining rastalarini egallashmoqda. Trendni duxoba pledlar, shag'am va poncho ishlab chiqaruvchilari monetizatsiyalagan, ulardan so'ng xizmat ko'rsatish sohasi (masalan ba'zi restoran va kafelar mehmonlar uchun Hygge muhit yaratadilar) vakillari ham shu yo'ldan borishdi.
Askeza va yangi shodliklarga yo'l

Muhabbatdan nafratgacha bir nechta avlod. Bobolar orasida ommalashgan, ammo nevaralar tomonidan rad etilgan ko'plab ijtimoiy-madaniy tushuncha va narsalarga aynan mana shunday ta'rif berish mumkin. Margarin, giyohvand moddalar, tamaki, quldorlik, pestitsid, tabiiy mo'yna – bu ro'yxatni uzoq davom ettirish mumkin.

Ehtiyojlar – katta mablag'. Ehtiyojlarni taqiqlash ham katta mablag'. Misol uchun, chekishni tashlash ham ijtimoiy foydali holat, ham katta industriya. Bunda bir qadam oldinda bo'lish uchun, hozirdan katta davralarda ommalashgan, ammo kelgusida tor doirada tarqaladigan hodisalarni o'rganish zarur bo'ladi.

Shirinlik foydali emas, Yashasin tabiiylik!

Ayollar uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan xushbichimlik modasi asta-sekin salomatlik va tabiiylik modasi bilan uyg'unlashmoqda. Ozg'inlik jozibasi bora-bora anoreksiya sifatida qabul qilinishi mumkin. Moda namoyishlari podiumlarida tom va ko'chma ma'noda "standartlarni buzayotgan" modellarni tez-tez uchratmoqdamiz. Odamlar go'zallikka haddan ortiq diqqat qilishdan charchashdi, bu esa hatto moda yo'nalishida ham ifodalanmoqda.

Ozg'inlik modasi va mukammallik odamlarga ko'p narsalarda ruxsat berar edi: shakar muqobili bilan gazli ichimlik, ko'p ziravorlar, ajoyib steyk. Bundan tashqari, juda ko'p zararli odatlar ishtahaning tushishiga sabab bo'lmoqda. Sog'lom ovqatlanish vaqtida ko'plab yoqimli narsalar taqiqlab qo'yildi: shakar muqobili zararli, hayvon oqsili (ayniqsa qovurilgani) zararli, tuz zararli va hokazo. Salomatlik orqasidan quvish ta'sirida odamlar hatto kichik shodliklardan ham yuz burishga majburdirlar.

Soxta quyoncha

Salomatlikka intilishning xususiy namunasi: vegeterianlik va veganlik – yangi hodisalar emas. Ammo hozirda ushbu yo'nalishlarning tarafdorlari ko'payib bormoqda. Misol uchun, 2009-yilda AQShda aholining 1 foizigina o'zini vegeterian deb hisoblardi, hozir esa ushbu miqdor 5 foizga yetgan. Ammo yaqin orada mazkur ko'rsatkich yanada mutanosib shaklga kelishi mumkin.

Ma'naviy muammolar qatoriga sog'lom ovqatlanish va ekologiya muammolari ham qo'shildi:

1) Sog'lom ovqatlanish trendi asosan go'shtli mahsulotlar iste'mol qilmaslikni targ'ib etadi;

2) Ekologlarning qayd etishicha, chorvachilik va hayvonlarni boqish atrof-muhitga juda katta zarar yetkazadi.

Biroq aksariyat odamlar hali go'shtli mahsulotlardan voz kechishga tayyor emas. An'anaviy go'sht sanoatiga zarba berish natijasida laboratoriyada yaratiladigan sun'iy go'sht sanoati rivojlanishi mumkin.

Go'shtli sintez o'z ixlosmandlarini saqlab qoladi. Bunday ishning uddasidan chiqadigan va go'shtxorlarni ma'naviy javobgarlikdan xalos qiladigan kompaniyani, shunhasiz, tayyor yangi bozor kutmoqda.
Rul va pedal kuchi

Kundalik harakat vositasi sifatida velosipeddan foydalanish jahon bo'ylab ommalashib bormoqda. Agar shu kungacha jahonning bir nechta velo-poytaxtlari ajratib ko'rsatilgan bo'lsa (masalan Amsterdam), hozirda velo-infratuzilma katta shaharlar uchun odatiy holatga aylanmoqda.

Ushbu trendning asosida, nazarimizda, salomatlik va mustaqillikka intilish, shu bilan birga, vaqtni tejash instinktlari yotibdi. Bu esa jahonda harakatlarni optimallashtirish maqsadida bir nechta vazifani birlashtiradigan smart-iste'molchilar safi kengayib borayotganidan darak beradi.

Taqiqlangan meva

G'arb OAVlarining sarlavhalarida ochiqchasiga muhokama qilinmaydigan tushunchalar tez-tez paydo bo'lmoqda: jinsiy hayot tafsilotlari, fiziologiya masalalari va boshqalar. Ularda taniqli odamlarning so'zlashish va bayon usuli kanselyar va diplomatik uslubdan shiddat bilan oddiy maishiy uslubga o'zgarib borayotganini kuzatish mumkin. Bunga, albatta, ushbu odamlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati ham turtki bermoqda.

Shu o'rinda savol tug'iladi: inson o'z fikrini fuqaro sifatida bildiradimi yoki muayyan tashkilot vakili sifatida bildiradimi? Tan olish kerak, bunday trend boshqa mamlakatlarda ham kuzatilmoqda – Donald Tramp Twitter'da faol sahifa yuritadi, u bu ishlarning barchasini mustaqil bajaradi.

Bunday xulq-atvorning sabablari dogmatik "o'z auditoriyangga yengil bo'lgan uslubda gapir" asosidan ham murakkabroq ildizga borib taqaladi. Aksariyat markalar (mahsulot yoki odamlar) suhbatdosh bilan hisobli uslubda emas, balki do'stona holatda suhbatlashishni istaydigan Y-avlod tomonga qarab harakatlanmoqda (daxlsizlik va qulaylik trendlarini esga olamiz). Va nutq uslubi ham shunga mos bo'lishi lozim. Shuningdek, yana bir mulohazaga ko'ra, o'sib kelayotgan Z-avlodi juda ratsional bo'lishi kutilmoqda. Shuning uchun auditoriya bilan suhbatlashish uchun uslub va ritorikani tanlashda marketologlar o'ylab ko'rishi kerak bo'lgan juda ko'p masalalar mavjud.

Manba: cossa.ru
Made on
Tilda