Maqola
Tesla Motors: kompaniya tarixidan noma'lum faktlar
Mana Tesla kompaniyasining birinchi modeli Tesla Roadster modelining taqdim qilinganiga ham 10 yil bo'ldi. O'tgan davr ichida kompaniya jahon bo'ylab tanildi, uning elektromobillarini sotib olish uchun odamlar navbatga turishni boshladilar.

Bu gal esa biz kompaniya tarixiga oid qiziqarli faktlar bilan ulashamiz.
Tesla kompaniyasiga Elon Mask asos solmagan

Sport elektromobilini yaratish fikri muhandis Martin Eberxardga tegishli. U aslida kam yonilg'i sarflaydigan avtomobilni ishlab chiqmoqchi bo'lgan. Biroq muhandis akkumulyatorli batareyalarni yaxshi tushunar, lekin avtomobil konstruksiyasi borasida yetarli tajribaga ega emas edi. Shuning uchun u o'z e'tiborini litiy-ionli batareyalarga qaratadi.

Loyihani amalga oshirish uchun, tabiiyki, katta mablag' talab etilardi. Eberxard uzoq muddat homiylarni qidiradi, natijada PayPal kompaniyasidan Elon Mask hamda Google asoschilari Sergey Brin va Larri Peyj uning loyihasiga sarmoya kiritishga rozilik beradilar.

Ularning ko'magi bilan 2003-yilda mashhur serb olimi Nikolo Tesla sharafiga atalgan yangi kompaniya dunyoga keladi. Yana bir boshqa muhandis Mark Tarpenning kompaniyaning ta'sischilaridan biriga aylanadi.

Qayta loyihalangan Lotus Elise – birinchi Tesla avtomobili

Birinchi Tesla elektromobili LotusCars kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Elise seriyali benzinli model asosida yaratiladi. Tesla shunchaki modelning apparat qismini almashtiradi, xolos. Dvigatel o'rniga muhandislar 6381 rusumidagi batareya o'rnatadilar.

Avtomobilning murakkab quvvatlanish tuzilmasi uchun maxsus sovutish tizimi talab qilinardi. Tesla Motors asoschilari avtomobillarni yaxshi tushunmaganliklari bois, ular LotusCars mutaxassislarining kompaniyaga jalb qilishni boshlaydilar. Bu esa ikkila kompaniya o'rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. O'sha paytda Tesla kompaniyasida taxminan 100 ta xodim mehnat qilardi.

Tesla Roadster 4 soniyada tezlikni 100 km/soatga chiqara olardi, maksimal tezligi esa 210 km/soatni tashkil qilardi. Batareya zaryadi 400 km masofa bosishga yetar edi. Avtomobilni esa oddiy rozetka orqali quvvatlash mumkin edi. Mashina 2006-yilnnig iyunida 100 ming dollar narxida sotuvga chiqarilgan.

Tesla Motors kompaniyasining yaratilganiga 10 yildan oshdi

Kompaniya 2003-yilning iyulida ro'yxatga olingan bo'lsa-da, 2006-yilda o'tkazilgan Tesla Roadster modelining taqdimotigacha matbuotda ko'rinish bernagan.

Tesla 2007-yilda bankrot holatiga yaqin bo'lgan

Tesla kompaniyasi 2006-2007-yillarda og'ir moliyaviy davrni boshdan kechirdi. 2007-yilning dekabr oyida taniqli texnologiya ishbilarmoni Zeev Drori kompaniya prezidenti etib tayinlanadi. Drori firmani boshqargan paytda jami 10% xodim ishdan bo'shatiladi, ammo kompaniya inqirozni yengishga muvaffaq bo'ladi.

Ammo Drori kompaniyani bir yil ham boshqarmaydi. 2008-yilning oktabr oyida Elon Mask bosh direktor etib tayinlanadi. Drori kompaniya rahbarlar kengashi raisining o'rinbosari lavozimini egallaydi. Biroq ikki oydan keyin kompaniyani tark etadi. Bu paytda esa Mask o'zining shaxsiy mablag'laridan firmaga 70 mln dollar sarmoya kiritadi.

Shunga qaramay Elon Mask rahbarligi ostida ham kompaniya ishlari ilgarilamaydi.To'rt yil ichida firma bor-yo'g'i 2250 ta avtomobil sotadi. Shuningdek, mashinani o'z vaqtida yetkazib berish borasida ham Tesla turli muammolarga duch kelardi. Hatto avtomobilning mashhur Top Gear ko'rsatuvida qatnashishi ham kompaniya kutilgan natijani keltirmaydi.
Daimler AG avtokonserni Tesla aksiyalarining ma'lum qismiga egalik qiladi

Strategik hamkorlik to'g'risidagi kelishuv 2009-yilning iyun oyida imzolanadi. Daimlar AG Teslaning 10% aksiyalarini 50 mln dollarga sotib oladi.

Tesla AQSh hukumatidan kredit olgan

2009-yilning iyun oyida Tesla AQSh Energetika vazirligidan 465 mln dollar kredit oladi. Kompaniya kreditni muddatidan 9 yil oldin – 2013-yilning may oyida to'lashga muvaffaq bo'ladi.

Kompaniyaning birinchi slogani

Birinchi reklama posterlarida kompaniya quyidagi slogandan foydalangan: "Rezinani yoq, benzinni emas".

Tesla Model S modelining faqat 6 ta qismi davriy almashtirish lozim

Avtomobildan foydalanish shartlariga muvofiq, to'rtta g'ildirak va dvorniklar almashtirishni talab etadi, xolos. Tormoz kolodkalari deyarli eskirmaydi, chunki to'xtatishlarning asosiy qismi rekuperativ tormozlash yordamida amalga oshiriladi.

Tesla kompaniyasi Fiat, Mitsubishi, Suzuki va Isuzu'dan ham qimmatroq

Kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi (taxminan 21 mlrd dollar) Suzuki va Isuzu firmalarining qiymatidan yuqori.

Manba: vc.ru
Made on
Tilda