Maqola
Google'da ikkinchi raqamli odam: Sundar Pichai haqida 14 ta fakt
2014-yilning oktabr oyida Larri Peyj Google boshqaruv tizimi qayta tuzilganligini ma'lum qildi. Unga ko'ra Sundar Pichai kompaniyaning mahsulotlar bo'yicha yangi direktori (Google'da Peyjdan keyingi ikkinchi lavozim) etib tayinlandi. SP nashri Google'ning yangi top-menejeri haqida diqqatga sazovor eng muhim faktlarni yig'ib, ularni o'quvchilar e'tiboriga havola etdi.
1. Pichai 1972-yilda Hindistonning Chennai shahrida tavallud topgan. Larri Peyj ishonch bildirgan yangi rahbarning to'liq ismi – Pichai Sundaradjan. Pichaining onasi uning tug'ilishiga qadar stenografist bo'lib xizmat qilgan. Otasi esa fabrikada muhandis bo'lib faoliyat yuritgan holda oilasini boqib kelgan. Oila ikki xonali kvartirada yashagan, ularning na avtomobili va na televizori bo'lgan.

2. 1993-yilda Pichai Hindistondagi universitetlarning birida tahsil olib, muhandis-metallurg diplomini qo'lga kiritadi. Shundan keyin u o'qishni AQShda davom ettiradi: avval Stenford universitetida magistratura bosqichini, undan so'ng Uorton biznes maktabini (jahondagi eng yacshi biznes-maktablar reytingida muntazam kuchli uchlikdan joy olib keladi) tugatadi.

3. Pichai 2004-yilning 1-aprelidan boshlab Google kompaniyasida suhbatdan o'tishni boshlaydi. Aynan mana shu sanada Google Gmail elektron pochtasini ishga tushirganini ma'lum qilgan edi.

4. Pichai Google kompaniyasida loyiha menejeri vazifasida mehnat qilishni boshlagan. Tez orada unga brauzerlar yo'nalishi ishonib topshiriladi. 2005-yilda Sundarning jamoasi Firefox brauzeri uchun asboblar panelini ishga tushiradi. Biroq 2008-yilda Chrome brauzerini yo'lga qo'yish orqali Pichaiga haqiqiy omad kulib boqadi.

5. 2008-yilda Pichai Google vitse-prezidenti va L-team (Google top-menejerlarining norasmiy kengashi) a'zosiga aylanadi. U Chrome OS operatsion tizimi, Google Drive va bir qator mobil ilovalarni ishlab chiqishga mas'ul edi. 2013-yilda esa Pichai Endi Rubin o'rniga Android bo'limining rahbari etib tayinlanadi.

6. Business Insider nashrining ma'lum qilishicha, Pichai muhim uchrashuvlarda Peyjning o'ng qo'li, eng ishongan vakili vazifasini bajaradi. Jumladan, u Peyj Whatsapp asoschisi Yan Kum bilan uchrashib, Facebook'ning messenjerni sotib olish haqidagi taklifini rad etishga chorlagan muzokarada ham ishtirok etgan. Bundan tashqari, u Nest vakili Toni Fadellni ushbu kompaniyani Google tarkibiga qo'shish bo'yicha o'tkazilgan muzokaralarida ham Larri Peyjga yordam bergan.

7. Pichai juda kuchli xotiraga ega. O'n ikki yoshida unga mobil telefon sovg'a qilishganda, u o'ziga kerakli barcha raqamlarni yodda bilardi. Ayni vaqtda Google kompaniyasida o'tkaziladigan majlislarda Pichai nafaqat o'z yo'nalishiga tegishli, balki boshqa yo'nalishlarga doir statistikani ham yoddan batafsil bilishi bilan o'z hamkasblarini lol qoldiradi.

8. Pichai'ning aytishicha, u bir vaqtning o'zida 20 ta mobil qurilmadan foydalanadi.
9. Twitter blogida Pichaining o'z sahifasi mavjud, biroq u blogda uncha faol emas. U Tim Kuk, Satya Nadella va Elon Mask akkauntlarini kuzatib boradi.

10. Twitter 2011-yilda Pichaini mahsulotlar bo'yicha direktor lavozimiga jalb etishga urinib ko'rgan, biroq ushbu harakat ijobiy natija bermagan. Google rahbariyati Pichaini juda qadrlashini bildirish uchun unga 50 mln dollar mukofot puli ajratgan.

11. 2014-yilda Hindistonga qilgan safari chog'ida Pichai qo'liga noma'lum soat taqqan edi. Ammo Pichai u haqida jurnalistlarga hech qandan ma'lumot taqdim etmay, gadjetning shunchaki prototip ekanini ta'kidlab o'tgan.

12. Sundar Pochai oilali, bir o'g'il va bir qizning otasidir. U shaxmat o'yiniga juda qiziqadi.

13. Google xodimlaridan birining Quora saytida yozishicha, Pichai Google'da fayllarga ajratilgan to'plagich yaratish fikriga qarshi chiqib, buni kelajakda fayllar mavjud bo'lmasligi bilan izohlagan.

14. Pichaining amal pillapoyasi bo'ylab juda tez chiqishiga izoh bera turib, taniqli texnologiya jurnalisti Om Malik, xususan, shunday degan edi: "Pichai yaxshi yigitlar ham g'alaba qozona olishini isbotladi".

Источник: vc.ru
Made on
Tilda